Oʻzbekiston milliy universiteti qoshidagi Fizika-matematika maktabi 2022-yilda tashkil qilingan bo'lib, 2023-2024-o'quv yilidan boshlab o'quvchilarni qabul qilishni boshlagan.
Fizika-matematika maktabiga xush kelibsiz!
Maktabimiz faoliyati yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun iqtidorli bolalarni aniqlash va o‘qitishni ta’minlashga qaratilgan.
Maqsadimiz-Millatning xalqaro olimpiadalarda, tanlovlarda g‘olib bo‘ladigan va dunyoning eng yaxshi oliy o‘quv yurtlariga kira oladigan kelajak yetakchilarini, o‘quvchilarini tayyorlash. Biz jahon maydonida raqobatbardosh bo‘la oladigan yetakchilarni tarbiyalaymiz!
Mutaxassislik fanlari uchun maxsus jihozlangan zamonaviy o’quv xonalarga ega. So’nggi rusumdagi texnologiyalar bilan jihozlangan komptuter sinflari o'quv maqsadlariga mo'ljallangan bo’lib, o'quvchilar darsdan tashqari vaqtda ham kompyuterda izlanish olib borish imkoniyatiga egalar. O’quv sinfida Smartboardlar bor.
Qulay joylashuv va yotoqxona
Maktabimiz fizika, matematika, ingiliz tili va IT fanlariga ixtisoslashtirilgan!
Maktabimiz standart texnik maktab jihozlaridan tashqari, nazariy bilimlarni amalda mustahkamlash uchun maxsus ishlab chiqilgan uskunalar bilan boyitilgan.
Bizda sportga katta e'tibor beriladi. Basketbol va futbol maydonchalari, shaxmat-shashka, stol-tennisi xonalari o’quvchilar ixtiyorida. Maktabda o’quvchilar o’rtasida turli sport musobaqalari o’tkazilib kelinadi. Maktab kutubhonasida badiiy va o’quv adabiyotlari mavjud bo’lib o’quvchlar ulardan o’zlarining bo’sh vaqtlarida foydalanib kelishmoqda.